Janni Infantino FIFA prezidenti etib qayta saylandi

Sport 16.03.2023, 17:41
Janni Infantino FIFA prezidenti etib qayta saylandi

Bugun Ruanda poytaxti Kigali shahrida bo`lib o`tgan FIFAning 73-kongressida tashkilot prezidenti saylovi bo`lib o`tdi. Bungacha bu lavozimni egallab kelgan Janni Infantino 2027 yilgacha FIFA rahbari etib tasdiqlandi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, Infantino saylovda yagona nomzod bo`lgan edi. Janni Infantino ilk bor 2016 yilda FIFA prezidenti etib saylangandi.

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter 2015 yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atganidan so`ng, o`z lavozimidan chetlashtirilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1