COVAX dasturi doirasida mamlakatimizga ilk bor COVID-19ning "omikron" shtammi B.A.4 va B.A.5 subvariantlariga qarshi 875 520 doza Pfizer vaksinasi olib kelindi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu preparatlar hozir aholi o`rtasida dominant shtammga aylangan yangi versiyalarning oldini olishda qo`llanilib, tayyor eritilgan emlash vositasi hisoblanadi.
Ayni kungacha O`zbekistonda jami 75 670 234 doza vaksinadan foydalanilgan.
"Mutaxassislar xulosasiga ko`ra, koronavirusning oldini olish, infeksiya keng tarqalishiga qarshi kurashish va kasallik asoratlarini bartaraf etishda aholini to`liq bosqichda va buster dozada emlash eng samarali choradir", - deyiladi SSV xabarida.






