AsosiyDunyo

Gaaga sudi Putinni hibsga olish uchun order berdi

'Gaaga sudi Putinni hibsga olish uchun order berdi'ning rasmi

Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun xalqaro orderlar chiqardi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

“Bugun Xalqaro jinoiy sudning Ikkinchi sudgacha palatasi Ukrainadagi vaziyat kontekstida ikki shaxsni hibsga olish uchun order berdi: janob Vladimir Vladimirovich Putin va Mariya Alekseevna Lvova-Belova (Rossiyadagi bolalar huquqlari bo`yicha ombudsman)", deyiladi press-relizda. 

 

Sudning tushuntirishicha, Putin va Lvova-Belova ukrainalik bolalarni noqonuniy deportasiya qilishda gumon qilinmoqda.

Bir kun avval BMTning tergov komissiyasi ukrainalik bolalarning Rossiyaga olib ketilishi urush jinoyati sifatida baholanishi mumkinligini aytgan edi.

    Boshqa yangiliklar