2023 yil 17 mart kuni, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e`lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog`iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko`rib chiqildi.
E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra:
Islam Polatov Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (engilroq jazo tayinlash) qo`llanilib, 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash), 60 (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) moddalari tartibida 5 yil;
Polat Esengeldiev Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 59-moddasi tartibida 6 yil;
Kamal Eshjanov va Islambek Aitmuratov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 6 yildan;
Nursultan Baylepesov va Alpams Jumabekov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 28,247-moddasi (o`qotar qurolni, o`q-dorilarni, o`qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 59-moddasi tartibida 6 yildan;
Dauletkeldi Nadirbaev, Adilbek Sariev, Kongratbay Bekpolatov, Ruslan Baimbetov, Quanshbay Baxiev, Islam Saparov, Zairbek Pirjanov, Raximjan Jumabaev, Aydos Esemuratov, Kuanshbay Begaliev va Manas Raxmanov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 7 yildan;
Nusret Bauetdinov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 7 yil 6 oy;
Nursultan Duysenbaev Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 28,247-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 59-moddasi tartibida 7 yil 6 oy;
Rustam Dosmbetov, Nuratdiyin Xabipov va Zamirbek Tadjimuratov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 8 yildan;
Azamat Allanazarov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 59-moddasi tartibida 8 yil;
Aslbek Omirzakov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 59-moddasi tartibida 8 yil;
Sharapat Ashirbekov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 59-moddasi tartibida 8 yil;
Dao`ranbek Ramanov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 59-moddasi tartibida 9 yil;
Omirbek Kurbanov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 10 yil 6 oy;
Oralbay Dosnazarov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ozodlikdan maxrum qilish jazosiga hukm etilganlarga nisbatan tayinlangan jazo muddatlarini ular qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanib, 1 nafar sudlanuvchi jazoni qattiq tartibli koloniyada, 27 nafar sudlanuvchi jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.
Almbay Mrzambetov, Muratbay Pirlepesov, Alysher Sharapov, Ongarbay Mamutov, Timurbek Ismailov, Rasul Sultaniyazov, Abzal Naurzbaev, Nurmuxammed Genjebaev va Amantay Seytmuratov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 5 yildan;
Abdimalik Xojanazarov va Esimqan Qanaatov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilib, 59-moddasi tartibida 5 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Ozodlikni cheklash jazosiga hukm etilganlarning dastlabki qamoqda o`tirgan kunlari Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog`i vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan tayinlangan jazodan chegirilishi belgilandi va ular sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
R. Dosmbetov, A. Allanazarov, N. Duysenbaev, N. Baylepesov, A. Jumabekov, K. Bekpolatov, R. Baimbetov, Q. Baxiev, I. Saparov, N. Xabipov va Z. Pirjanovning aybidan dastlabki tergov organi tomonidan qo`yilgan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 3-qismi “a” bandi (ushbu xarakatlar Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli) hamda P. Esengeldievning aybidan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi (qo`yilgan ayblov o`z tasdig`ini topmaganligi sababli) chiqarildi.
Sodir etilgan jinoyatlar oqibatida etkazilgan 6,5 milliard so`mdan ziyod miqdordagi moddiy zararlarni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish, sudlanuvchilarga tegishli bo`lib jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplashga qaratish belgilandi.
Mazkur hukmdan norozi taraflar Qoraqalpog`iston Respublikasi sudi orqali Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasiga prosessual qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda shikoyatlar berishga, prokuror esa protest bildirishga haqli ekanligi ma`lum qilinadi.






