Birlashgan Arab Amirliklarida jinoiy guruh tuzib, o`bekistonlik ayollarni fohishalikka majburlab kelgan ayol mamlakatdan deport qilinadigan bo`ldi.
Ma`lum bo`lishicha, Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida xalqaro qidiruvga berilgan ushbu shaxsning deportasiya masalasi hal qilindi.
Aniqlanishicha, ushbu ayol onasi va singlisi tomonidan izlangan, tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo`lmagan shaxslar bilan avvaldan til biriktirib, ayollarni noqonuniy yo`llar bilan fohishalik bilan shug`ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo`natish bo`yicha uyushgan jinoiy guruh tuzishgan. Jabrlanuvchilarni oilasi bilan ajrashgan va moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar orasidan topishgan. Shu tariqa, uchinchi davlatlar orqali BAAga olib chiqib, jabrlanuvchilarga yaxshi ish va`da qilingan, biroq Dubayga etib kelgandan so`ng ularning pasportini olib qo`yishar va fohishalik bilan shug`ullanishga jo`natishardi.
Inerpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlari o`rtasida o`tkazilgan kelishilgan harakatlar va kelishuv natijasida jinoyatchi hibsga olingandan so`ng O`zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun deportasiya qilish to`g`risida qaror qabul qilindi.






