Xokkey bo`yicha O`zbekiston U-18 jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni bo`ldi

Sport 19.03.2023, 15:41
Xokkey bo`yicha O`zbekiston U-18 jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni bo`ldi

Xokkey bo`yicha 18 yoshgacha bo`lgan O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya U-18 chempionati g`olibiga aylandi. Musobaqa Mo`g`uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida 11−17 mart kunlari bo`lib o`tdi.

Milliy terma jamoa beshta uchrashuvning barchasida g`alabaga erishib, Turkmaniston (5:0), Eron (14:1), Mo`g`uliston (7:4), Tailand (10:2) va Birlashgan Arab Amirliklari (8:0) yoshlar terma jamoalarini mag`lub etdi va chempionlik unvonini qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rin Turkmanistonga, «bronza» esa Mo`g`ulistonga nasib etdi.

o`zbekiston xokkey federasiyasi, xokkey, chempion, hokkey

O`zbekiston terma jamoasi sardori Jasurbek Rustamxonov turnir golurari bo`ldi. U beshta uchrashuvda 26 ta samarali harakat qildi (14 ta gol va 12 ta golli uzatma).

O`zbekiston xokkey federasiyasining ma`lum qilishicha, ushbu chempionat xokkey bo`yicha milliy terma jamoaning o`zbek xokkeyi tarixidagi Xalqaro xokkey federasiyasi (IIHF) shafeligida o`tkazilgan rasmiy turnirdagi ilk chiqishi bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1