1

Moskvadagi qurilishda Tojikiston va O`zbekiston fuqarolari ommaviy janjallashdi

Dunyo 19.03.2023, 21:51
Moskvadagi qurilishda Tojikiston va O`zbekiston fuqarolari ommaviy janjallashdi

Moskvadagi turar joy majmuasi qurilishida Tojikiston va O`zbekiston fuqarolari o`rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo`ldi. Bu haqda BAZA xabar berdi.

Hodisa 18 mart kuni tongda yuz bergan, “Ostrov” turar joy majmuasining ellikdan ortiq ishchisi armatura va bolg`a bilan ommaviy mushtlashuv uyushtirgan. Nizoga quruvchilarning oshxonaga tashrif buyurish vaqtini kelisha olmagani sabab bo`lgan. Xususan, O`zbekiston fuqarolari tojikistonlik hamkasblaridan oldin ovqatlanishni xohlagani, biroq ular ham xuddi shunday bo`lishini istagani ta`kidlangan.

Oqibatda ular o`rtasida mushtlashuv boshlangan. Janjalda ishtirok etgan ayrimlar boshidan jarohat olgani, reanimasiyaga olib ketilgani aytilmoqda. Mushtashuv ishtirokchilarining aksariyati polisiyaga olib ketilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1