19 mart kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ikkita avtomashina o`zaro to`qnashishi oqibatida yong`in sodir bo`ldi. Holat bo`yicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumot berdi.
Hodisa soat 22:59 larda Shahrixon tumanidagi Andijon-Toshkent yo`nalishida yuz bergan. 2004 yilda tug`ilgan R.A. Lacetti avtomobili bilan mazkur yo`nalishda harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo`qotgan va yo`lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Nexia bilan to`qnashgan.
To`qnashuv sababli yong`in kelib chiqib, Lacetti avtomobili to`liq yongan. FVB xodimlari voqea joyiga soat 23:11 da etib borib, 23:14 da yong`in o`chirilgan. Hozirda uning zarari aniqlanmoqda.