O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga
Hurmatli Prezident janoblari!
Amerika xalqi nomidan Sizga va O`zbekiston xalqiga Navro`z ayyomi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yo`llamoqdaman.
O`tgan yil davomida O`zbekiston va Amerika Qo`shma Shtatlari umumiy muammolarni hal qilish, xalqlarimiz xavfsizligi va farovonligini ta`minlash maqsadida birlashdi.
Ushbu uyg`onish va yangilanish mavsumida Qo`shma Shtatlar O`zbekiston xalqiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu kunlarda yangi marralarni belgilab, mustahkam tinchlik va o`zaro anglashuv ruhidagi umumiy kelajak sari sa`y-harakatlarimizni davom ettirar ekanmiz, men mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklik va xalqlarimiz do`stligi yanada mustahkamlanishiga ishonaman.
Navro`z muborak!
Hurmat bilan,
Jozef Bayden,
Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti