1

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshdi

Dunyo 20.03.2023, 18:48
Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshdi

Turkiyada joriy yilning 6 fevral kuni sodir bo`lgan zilzila qurbonlari 50 mingdan oshdi. Bu haqda bugun, 20 mart Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi rahbari Yunus Sezer ma`lum qildi. 

“O`chog`i Qahramonmarashda bo`lgan zilzilalarda halok bo`lganlar soni 50 096 kishini tashkil etdi. 107 204 kishi jabrlandi”, deydi u Anqarada jurnalistlarga bergan intervyusida.

Sezer, shuningdek, vayron bo`lgan binolarning texnik holati va qurilish standartlariga muvofiqligi uchun u yoki bu darajada mas`ul bo`lgan 300 dan ortiq odam hibsga olinganini bildirdi. 104 nafar pudratchi, 161 nafar usta, 15 nafar bino egasi va uylarning asl loyihasiga o`zgartirish kiritgan 18 nafar shaxs hibsga olingan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1