1

O`zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 54-o`ringa munosib ko`rildi

Dunyo 20.03.2023, 19:24
O`zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 54-o`ringa munosib ko`rildi

Har yili 20 mart kuni nishonlanadigan Xalqaro baxt kuni munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi eng baxtli mamlakatlar nomini e`lon qildi. World Happiness Report reytingda ketma-ket oltinchi marta birinchi o`rinni Finlyandiya egalladi, ikkinchi o`rinda Daniya va kuchli uchlikni Islandiya yakunlab berdi.

Isroil to`qqizinchi o`rindan bu yil to`rtinchi o`ringa ko`tarildi. Yuqori o`ntalikka Niderlandiya, Shvesiya, Norvegiya, Shveysariya, Lyuksemburg va Yangi Zelandiya ham kirdi.

 O`zbekiston 137 davlat orasida baxtiyorlik bo`yicha global reytingda 54-o`rinda qayd etildi.

Rossiya o`tgan yilga nisbatan o`n pog`onaga ko`tarilib, 70-o`rinni egalladi. AQSh 15-o`rinda, Fransiya 21-o`rinda, Buyuk Britaniya 19-o`rinda, Ukraina 92-o`rinda.

Eng baxtsiz mamlakatlar sifatida Burkina-Faso, Namibiya, Turkiya, Gana, Pokiston va Niger qayd etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2012 yildan beri har yili Jahonning baxtiyorlik darajasi hisobotini e`lon qiladi. Reytingni shakllantirishda aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulot ko`rsatkichlari, mamlakatda o`rtacha umr ko`rish davomiyligi, fuqarolarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va ularning fuqarolik erkinliklariga rioya etilishi to`g`risidagi ma`lumotlar, shuningdek, mamlakatdagi korrupsiya darajasi hisobga olinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1