AsosiyDunyo

Rossiyada prezident apparati amaldorlariga iPhone’dan foydalanish taqiqlanadi

'Rossiyada prezident apparati amaldorlariga iPhone’dan foydalanish taqiqlanadi'ning rasmi

RF prezidenti apparatining ichki siyosiy bloki xodimlariga iPhone smartfonlaridan voz kechish tavsiya qilindi. bu haqda "Kommersant" xabar berdi, deya yozmoqda “zamon.uz”. 

Nashr ma`lumotlariga ko`ra,  bu bo`yicha ma`lumot amaldorlarga mart oyi boshida berilgan. Kreml o`z xodimlari uchun katta ehtimol bilan “xavfsizroq” bo`lgan boshqa qurilmalarni sotib olishi mumkin. “Kommersant” manbalaridan biri tavsiya ko`proq “talab shaklida” ekanini aytgan.

“Phone tugadi. Uni yo tashlab yuborish yo farzandlarga berish kerak. Mart oyida hamma buni amalga oshirishi kerak”, — degan manbalardan biri.

Nashr suhbatdoshlaridan biri prezident administrasiyasida ushbu chora bo`yicha bahslar anchadan buyon ketgan, ammo unga administrasiya rahbarining birinchi o`rinbosari, ichki siyosat bo`yicha kurator Sergey Kirienko nuqta qo`ygan. U 1 aprelga qadar iPhone’dan voz kechishni buyurgan.

Bu xavfsizlik nuqtayi nazaridan amalga oshirilayotgani aytilmoqda: Kremlning fikricha, ushbu qurilmalar G`arb maxsus xizmatlari tomonidan oson buzib kirilishi va kuzatilishi mumkin.

Amaldorlarga Android operasion tizimidagi telefonlarni sotib olish tavsiya qilingan.

    Boshqa yangiliklar