Rossiya deputati Semyon Bagdasarov telekanaldagi jonli efirda inqirozdan foydalanib, Markaziy Osiyodan tortib, Turkiyaga qadar bosib olishni taklif qildi.
Ular do`st bo`lmoqchi emas, shunchaki bosib olmoqchi, deya munosabat bildirmoqda Rasul Kusherbaev.
“Odatda rus rahbariyatining yashirin istaklarini mana shu kabi deputatlari baralla aytishni boshlaydi. So`ng sekin-asta jamoatchilikning quloqlari bunga ko`nikib bo`lgach, ushbu maqsadga etish uchun haqiqiy harakatlar boshlanadi.
Dastlab Ukrainani bosib olish harakatlari ham dastlab shunday chiqishlar bilan boshlangan edi. Bugun esa bu haqiqatga aylandi.
Bu harakatlardan bir narsa ayonlashib bormoqda: ular do`st bo`lmoqchi emas, shunchaki bosib olmoqchi”, - deydi Kusherbaev.






