Torronto universiteti olimlari va Insilico Medicine biotexnologiya kompaniyasi sun`iy ong yordamida jigar saratoni (gepatosellyulyar karsionoma)ga qarshi kurasha oladigan vositani yaratdi. Sun`iy ong 30 kun ichida davolash jarayonini ishlab chiqdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Olimlar uning yordamida saraton hujayralarini skanerlagan va uning kuchsiz qismlarini aniqlagan. Sun`iy ong versiyasiga ko`ra, CDK20 oqsili saraton hujayrasining nozik nuqtasidir. Olingan ma`lumotlar asosida olimlar bu oqsilga ta`sir qila oladigan vositani topgan.
Gepatosellyulyar karsioma — tez rivojlanuvchi kasallik bo`lib, odatda saratonning so`nggi bosqichlarida aniqlanadi. Har yili qariyb 600 ming bemorda saratonning shu turi tashxisi qo`yiladi.