Joriy yilning 20 mart kuni respublikamizning ayrim hududlarida kuchli yomg`ir yog`ishi kuzatildi.
Soat 19:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqarolar tomonidan kelib tushgan xabarga ko`ra, Parkent tumani Qiziltog` shaharchasi atrofidagi adirliklarga o`z avtomobillarida dam olish maqsadida borgan fuqarolar kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida adirliklarda qolib ketganligi va pastga tushaolmayotganliklarini aytib, ularga yordam kerakligini ma`lum qilganlar.
Xabarga asosan, aytilgan manzilga zudlik bilan qutqaruvchilar 7 ta maxsus texnika bilan etib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borganlar.
Amalga oshirilgan tezkor sa`y harkatlar natijasida qutqaruvchilar tomonidan dam oluvchilarning 13 ta engil turdagi avtoulovlari hamda 47 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib tushilgan.
"Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida halok bo`lgan va tan jarohat olgan fuqarolar yo`q" deyiladi xabarda.
21.03.2023 18:06
Parkentga dam olishga borgan 47 kishi va 13 ta mashina adirlikda qolib ketdi (video)
