Ramazon oyi 23 mart, payshanba kunidan boshlanishi ma`lum bo`ldi.
Prezident “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko`ra, 2023 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23 mart kuniga to`g`ri kelishi haqidagi O`zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma`lumot uchun qabul qilindi.
O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma`lumotlarga tayangan holda 2023 yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 23 mart, payshanba kuniga to`g`ri kelishi haqida xulosa qilingan.