AsosiyJamiyat

Bugun ob-havo 25 daraja issiq bo`ladi

'Bugun ob-havo 25 daraja issiq bo`ladi'ning rasmi

"O`zgidromet" 22 mart kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, bugun Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10, kunduzi 22-24 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.  Harorat kechasi 7-12, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar