AsosiyJamiyat

Toshkentda taroveh namozlari vaqtida masjidlar yaqinidagi ko`chalar yopiladi

'Toshkentda taroveh namozlari vaqtida masjidlar yaqinidagi ko`chalar yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko`ra, Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozlari munosabati bilan har kuni 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo`llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi.

Mirzo Ulug`bek tumani bo`yicha: 

Tepa masjidi Do`rmon yo`li ko`chasidan Olimlar ko`chasiga qadar harakat cheklanadi;

Bektemir tumani bo`yicha: 

Alibek masjidi M.Avezov ko`chasidan X.Boyqaro ko`chasiga qadar harakat cheklanadi;

Yashnobod tumani bo`yicha: 

Islom ota masjidi Farg`ona yo`li ko`chasi ikkinchi darajali yo`ldan Zarkent va Obishir ko`chalariga qadar harakat cheklanadi;

Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho`lpon ko`chasidan Salohiyat ko`chasiga qadar harakat cheklanadi;

Mirobod tumani bo`yicha: 

Valixo`ja o`g`li Norxo`ja masjidi Yangi Qo`yliq-Fayziobod ko`chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko`chasiga qadar harakat cheklanadi;

Qo`yliq ota masjidi THAY-Qo`yliq ota ko`chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo`yliq tor ko`chasiga qadar harakat cheklanadi;

Sergeli tumani bo`yicha:

Ma`ruf ota masjidi Choshtepa ko`chasidan Choshtepa 1-tor ko`chasiga qadar harakat cheklanadi (Temir panjara - 20);

No`g`ayqo`rg`on masjidi Yangi Sergeli–Nug`ayqo`rg`on KHAY-Sag`bon chorrahasidan Nurafshon-Sag`bon chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;

Yakkasaroy tumani:

Usmon bin Ma`zum masjidi KHAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY-Qushbegi chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;

Yakkasaroy masjidi Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog`ibo`ston chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;

Rakat masjidi J.Shoshiy ko`chasidan Askiya ko`chasiga qadar harakat cheklanadi;

Yangihayot tumani:

Niyozmat ota masjidi THAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi;

Shayxontohur tumani bo`yicha:

Shayx Zayniddin (Ko`kcha) masjidi Ko`kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko`kcha Darvoza Beshqayrag`och chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;

Kamolon masjidi Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-Ustazoda 2-tor chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;

Olmazor tumani bo`yicha:

Hazrati Imom masjidi Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;

Islomobod masjidi KHAY-Sag`bon chorrahasidan Nurafshon-Sag`bon chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.

Do`stjonboy (Sulola) masjidi Sag`bon-Sag`bon 12-tor chorrahasidan Keles yo`li-Noraztepa chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;

Yunusobod tumani bo`yicha:

Mirza Yusuf masjidi Bog`ishamol ko`chasida Shivli ko`chasiga qadar harakat cheklanadi;

Uchtepa tumani bo`yicha:

Abdulloh ibn Mas`ud (Katta Qani) masjidi Katta Qa`ni aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko`chasi chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;

Hazrati Ali masjidi Nazarbek-Maxorat chorrahasidan Nazarbek-Zamahshariy 1-tor ko`chasigacha qadar harakat cheklanadi;

Chilonzor tumani bo`yicha:

Novza masjidi Bunyodkor-Muqimiy ko`prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha qadar harakat cheklanadi;

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So`galli ota ko`chasiga qadar harakat cheklanadi;

Ubay ibn Ka`f (Bo`rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko`chasidan Katta Xirmontepa ko`chasiga qadar harakat cheklanadi.

    Boshqa yangiliklar