AsosiyJamiyat

“Maersk Air Cargo” yuk aviakompaniyasi O`zbekistonga parvozlarni yo`lga qo`ydi

'“Maersk Air Cargo” yuk aviakompaniyasi O`zbekistonga parvozlarni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

21 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:45 da Daniyaning "Maersk Air Cargo" yuk aviakompaniyasining samolyoti Navoiy xalqaro aeroportiga qo`nib, Billund – Navoiy – Xanchjou – Navoiy – Billund yo`nalishi bo`yicha O`zbekistonga parvozlarni boshlab berdi. Bu haqda "Uzbekistan Airports” AJ xabar berdi.

"Bu yilgi Navro`z sovg`alarga boy. Bir kunda birdaniga uchta aviakompaniyaning samolyotlarini kutib oldik. Yuk tashish sohasida jahon giganti hisoblangan Maersk Group logistika guruhi bilan hamkorlik qilish O`zbekiston aeroportlari, hususan Navoiy aeroporti uchun juda muhim loyiha. Bir necha oy muzokaralar olib borildi, shartlar muhokama qilindi va nihoyat, 21 martdan O`zbekiston orqali parvozlar boshlandi”, - dedi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Ra`no Djuraeva.

"Maersk Air Cargo" reyslari haftasiga olti martadan boshlandi, keyinchalik reyslar haftasiga 36 martagacha ko`payadi. Boeing  767 yuk samolyotlari Daniyadan O`zbekiston orqali Xitoyga va ortga uchadi. Ma`lum qilinishicha, “Navoiy” aeroporti aviakompaniya samolyotlarini texnik qo`nish, yonilg`i quyish va ekipajni almashtirish uchun o`tkazish punktiga aylanadi.

"Maersk Air Cargo" shtab-kvartirasi Billund shahrida joylashgan  Daniya yuk aviakompaniyasidir. Kompaniya 2022 yilda “Maersk” logistika guruhi tarkibiga kiruvchi Star Air aviatashuvchisi negizida tashkil etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar