AsosiyJamiyat

Qarshi shahrida taroveh namozlari vaqtida masjidlar yaqinidagi yopiladigan ko`chalar ma`lum qilindi

'Qarshi shahrida taroveh namozlari vaqtida masjidlar yaqinidagi yopiladigan ko`chalar ma`lum qilindi'ning rasmi

Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni 19.00 dan 24.00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo`llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi.

Qarshi shahar hududi bo`yicha:
— Xonaqoh masjidi Karakul ko`chasi ichki yo`lida harakat cheklanadi.

— Kukgumbaz masjidi Nasaf ko`chasidan Karlig`bog`ot ko`chasiga qadar harakat cheklanadi.

— Qilichbek Qo`rg`oncha masjidi Kamandi ko`chasi ichki yo`lida harakat cheklanadi.

— Maxallot masjidi Amir Temur ko`chasi ichki yo`lida harakat cheklanadi.

— Qumqishloq masjidi Nurbog` ko`chasidan Alisher Navoiy ko`chalariga qadar harakat cheklanadi.

— Aralovul masjidi Xonabod ko`chasi ichki yo`lida harakat cheklanadi.

— Navo masjidi Mustaqillik ko`chasiichki yo`lida harakat cheklanadi.

    Boshqa yangiliklar