1

Tolibon amaldorlarga qarindoshlarini davlat lavozimlariga ishga olishni taqiqladi

Jamiyat 22.03.2023, 20:35
Tolibon amaldorlarga qarindoshlarini davlat lavozimlariga ishga olishni taqiqladi

Tolibonning oliy rahbari afg`on Tolibon ma`muriyatidagi amaldorlarga qarindoshlarini davlat lavozimlariga ishga olishni taqiqlovchi farmon chiqardi. 

Rahbar Hibatulloh Oxundzoda, shuningdek, barcha Tolibon amaldorlariga o`z o`g`illari va ma`muriyatda ishlayotgan boshqa qarindoshlarini ishdan bo`shatishni buyurdi.

“Vazirlik, idora va mustaqil idoralarning barcha mansabdor shaxslariga hech kimning oila a`zolari yoki qarindoshlarini davlat lavozimiga tayinlashiga yo`l qo`ymaslik topshirildi”, — deyiladi qarorda.

Oxundzoda farmonida, shuningdek, barcha Tolibon amaldorlariga bo`shatilgan lavozimlarni zudlik bilan ularning o`g`illari, oila a`zolari yoki qarindoshlari bo`lmagan shaxslar bilan to`ldirishlari buyurilgan.

Tolibon Afg`onistonda hokimiyatni 2021 yil avgust oyi o`rtalarida AQSh va NATO qo`shinlarining 20 yildan so`ng  olib chiqib ketishi fonida qo`lga kiritdi. Mo``tadilroq pozisiyaga ega bo`lish haqidagi dastlabki va`dalarga qaramay, Tolibon Afg`onistonda avvalgi hukmronligi davrida bo`lgani kabi islom qonunlari yoki shariatning qattiq talqinini asta-sekin tikladi.

Endilikda qizlarning oltinchi sinfdan keyin maktabga borishi, ayollarga esa ishlash, o`qish, erkak hamrohligisiz sayohat qilish, hattoki bog`lar, sport zallari yoki hammomlarga borish taqiqlangan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1