1

O`zbekistonning 2 ta universiteti 4 ta fan bo`yicha TOP-500 talik reytingdan o`rin oldi

Jamiyat 23.03.2023, 10:22
O`zbekistonning 2 ta universiteti 4 ta fan bo`yicha TOP-500 talik reytingdan o`rin oldi

Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2023 yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini e`lon qildi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unga ko`ra, O`zbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan bo`yicha TOP-500 oliy ta`lim muassasalari qatoridan o`rin egalladi.

Bundan tashqari, O`zbekiston oliygohlari ilk bor sohalar bo`yicha reytingda ishtirok etdi. “Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti “Muhandislik va texnologiya” sohasi bo`yicha reytingda 451–500-o`rin va “Tabiiy fanlar” bo`yicha 501–520-o`rinni egalladi.

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston milliy universiteti 2022 yilgi reytingda "Matematika" sohasida 451–500-o`rinda ko`rilgan bo`lsa, bu yil shu yo`nalish bo`yicha 100 pog`ona yuqoriga ko`tarildi.

“QS World University Rankings by Subject”  – dunyo universitetlarini 51 ta fan sohasi bo`yicha ish beruvchilar va xalqaro ilmiy jamiyat o`rtasida o`tkaziladigan so`rovnoma, ya`ni fan sohalarida oliy ta`lim muassasasining nufuzi, "Scopus" xalqaro ilmiy-texnik ma`lumotlar bazasida nashr etilgan ilmiy maqolalarga iqtiboslar va "Xirsh" indeksi, shuningdek xalqaro hamkorlik ko`rsatkichlarini International Research Network (IRN) ma`lumotlarining baholanishini nazarda tutadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1