AsosiySalomatlik
6215

“Uyqum kelmaydi-yu, lekin esnayveraman...”

–  Eshitishimcha, organizmda kislorod tanqisligi mavjud bo`lsa kishi o`z – o`zidan esnayverar ekan. Chindan ham shundaymi? Holsizlik yoki yotoqchilash kayfiyati kutilmasa ham esnayverish yana nimaning alomati bo`lishi mumkin?

Hamid Otaqulov, Sirdaryo viloyati 

Savolga oliy toifali shifokor terapevt Nodira HAMROEVA javob beradi: 

–  Esnash bu shartsiz refleks hisoblanib, chuqur nafas olib, nafas chiqarishdan iborat hodisadir. Tez – tez esnash uyqusizlik, charchoq kuzatilganida yoki miyaga kislorod kam etib borganida kelib chiqadi. Davomli esnash ayrim nevrologik kasalliklarning belgisi bo`lishi ham mumkin. Organizmingizdagi o`zgarishlarga aniqlik kiritish uchun tibbiy ko`rikdan o`tishingiz zarur. Lozim topilsa, tahlillar topshiring. Shunga ko`ra esnashning sababi topilib, kerakli davo choralari ko`riladi.

Boshqa yangiliklar