AsosiyDunyo

Hindiston hukumati O`zbekistondagi bolalar o`limiga sabab bo`lgan “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqaruvchi kompaniya lisenziyasini bekor qildi

'Hindiston hukumati O`zbekistondagi bolalar o`limiga sabab bo`lgan “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqaruvchi kompaniya lisenziyasini bekor qildi'ning rasmi

Hindiston hukumati O`zbekistondagi bolalar o`limiga sabab bo`lgan “Dok-1 Maks” dori vositasini ishlab chiqaruvchi "Marion Biotech" kompaniyasi lisenziyasini bekor qildi. 

Rasmiylarga ko`ra, Noida shahrida joylashgan "Marion Biotech"  farmasevtika firmasining ishlab chiqarish lisenziyasi Uttar-Pradesh hukumati tomonidan bekor qilingan.

 "Marion Biotech" kompaniyasining yo`talga qarshi siropi "Dok-1" O`zbekistonda 18 bolaning o`limiga sabab bo`ldi. O`tgan yili dekabr oyida sodir bo`lgan voqea sabab Hindiston tergov boshlangan edi.

"Yanvar oyidan buyon firmaning lisenziyasi to`xtatib qo`yilgan edi. Shundan so`ng batafsil surishtiruv boshlandi. Endi firma lisenziyasi bekor qilindi. Firma endi sirop ishlab chiqara olmaydi", dedi hukumat vakili. 

3 mart kuni Noida polisiyasi "Marion Biotech" kompaniyasining uch nafar xodimi hibsga olinib, ikki direktoriga qidiruv e`lon qilindi, dedi rasmiy. 

Ma`lumotlariga ko`ra,  "Marion Biotech" dori vositalari namunalar hukumatning Chandigarhdagi mintaqaviy dori sinov laboratoriyasiga yuborilgan va ulardan 22 tasi "standart sifatga ega emas" (soxta va soxta) deb topilgan.

Hindiston Jinoyat kodeksining 274 (giyohvand moddalarni soxtalashtirish), 275 (soxta dori vositalarini sotish), 276 (boshqa dori yoki tibbiy preparat sifatida sotish), shuningdek, 17-modda (noto`g`ri markalangan dorilar) va tegishli bo`limlari bo`yicha qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar