AsosiySalomatlik
6487

Xolesterinni normal darajada qanday tutib turish mumkin?

1. Tana vazniga e`tibor bering: u qancha yuqori bo`lsa, organizmingiz shuncha ko`p xolesterin ishlab chiqaradi.

2. Ovqatga sarxil sarimsoqpiyoz qo`shing. U qondagi xolesterin miqdorini tushirishda muhim rol o`ynaydi.

3. Stresslardan qochishga harakat qiling. Chunki stresslar qondagi xolesterin darajasini oshiradi.

4. Sabzi, piyoz, karamdan ko`proq iste`mol qiling. Tarkibidagi pektin hisobiga bu sabzavotlar xolesterin darajasini pasaytiradi. Kuniga 2 dona sabzi esangiz, uning miqdorini 10-20 foizga tushirgan bo`lasiz.

5. Dukkaklilardan iste`mol qiling. Ular tarkibida ham pektin mavjud.

Xolesteringa boy mahsulotlar

Ularga quyidagilar kiradi: konservalangan baliq, ikra, kolbasa, sosiska, yog`lilik darajasi 2,5 %dan yuqori bo`lgan sut, pishloq, smetana, muzqaymoq, tuxum sarig`i, qovurilgan taomlar, konditer mahsulotlari, shokolad, sariyog`, margarin...

Xolesterinsiz yoki u kam miqdorda bo`lgan mahsulotlar

Bular: baliq, yog`sizlantirilgan sut mahsulotlari, parhezbop pishloq, tuxm oqi, guruch, yong`oq, o`simlik yog`i, bodom, yog`lilik darajasi 30 %gacha bo`lgan pishloq, meva-sabzavotlar, bug`doyning qattiq navlaridan tayyorlangan makaron mahsulotlari...

Boshqa yangiliklar