Andijon viloyati Asaka tumani sobiq hokimi Mansur Alixonovga nisbatan ozodlikdan cheklash jazosi qo`llanildi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasiga tayanib "Daryo" xabar bermoqda.
Qayd etiishicha, Mansur Alixonovga nisbatan jinoyat kodeksining beshta moddasi bo`yicha Jinoyat ishi qo`zg`atilgan, sud tomonidan unga ozodlikdan cheklash jazosi qo`llanilgan.
Eslatib o`tamiz, 2022 yilning 27 sentyabr kuni Prezident administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqov rahbarligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishdan keyin faoliyatida yo`l qo`ygan jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun Mansur Alixonov tuman hokimi lavozimidan ozod etilgandi.