AsosiyJinoyat

Yangiyo`lda yashovchi fuqaro ikki kishini o`ldirib, jasadlarni yoqib yubordi

'Yangiyo`lda yashovchi fuqaro ikki kishini o`ldirib, jasadlarni yoqib yubordi'ning rasmi

Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida yashovchi fuqaro ikki kishini pichoqlab o`ldirib, jasadlarni yoqib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Darakchi.uz”ga ma`lum qildi.

Joriy yilning 23 mart kuni soat 14:30 larda mahalliy korxona agronomi 1961 yilda tug`ilgan K.A. hamda jamiyat mutaxassisi 1984 yilda tug`ilgan S.G. Yangiyo`l tumanida yashovchi B.J.ni oldiga borib, unga ijaraga berilgan er maydonlari uchun 40 mln so`m miqdorda haq talab qilgan. Shu vaqt ularning o`rtalarida kelib chiqqan nizo jarayonida B.J. pul bermaslik maqsadida ularni dala shiyponiga olib kirib, ikkalasini oshxona pichog`i bilan qasddan o`ldirgan. 

So`ng u o`zining jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida murdalarni yoqib yuborib, tana qoldiqlarini ariq bo`yiga tashlab yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j”, “i” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.

 

    Boshqa yangiliklar