1

36 turdagi tovarlar bojxona bojidan ozod etildi: 1200 dan ortiq tadbirkorlik sub`ektlarining 500 mlrd. so`m pul mablag`lari o`z ixtiyorlarida qolishi kutilmoqda

Jamiyat 28.03.2023, 14:32
36 turdagi tovarlar bojxona bojidan ozod etildi: 1200 dan ortiq tadbirkorlik sub`ektlarining 500 mlrd. so`m pul mablag`lari o`z ixtiyorlarida qolishi kutilmoqda

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 martdagi “Iste`mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” PF-41-son Farmoniga binoan 2024 yil 1 yanvarga qadar 36 turdagi tovarlar bojxona bojidan ozod etildi.  

Bojxona qo`mitasi matbuot xizmati taqdim etgan dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, Farmon qabul qilinishi hisobiga 1200 dan ortiq tadbirkorlik sub`ektlarining 500 mlrd. so`m pul mablag`lari o`z ixtiyorlarida qolishi kutilmoqda.

Shuningdek, 23 turdagi tovarlarga nisbatan 2023 yil 1 iyulga qadar  bojxona bojlarining nol stavkalari qo`llanilishi  2024 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

2022 yilda va joriy yilning o`tgan davri mobaynida 431 ta tadbirkorlik sub`ektlarining xorijdan olib kelgan ushbu 23 turdagi tovarlari (og`irligi: 301,2 ming tonna) uchun bojxona bojidan 905,4 mlrd. so`m imtiyozlar qo`llanilgan.  

Yana bir muhim jihat: O`zbekiston hozirga qadar 47 ta davlat bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko`p qulaylik berish rejimini joriy qilgan. Mazkur ro`yxatiga kirmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar respublikamizga olib kirilganida bojxona bojining ikki baravar stavkasini qo`llash belgilangan bo`lib, ushbu amaliyot ham 2023 yil 1 iyulga qadar bekor qilingan bo`lsa, endi bu muddat 2024 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.  

Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi ham vaqtinchalik to`xtatildi.  

Bularning barchasi ichki bozorida oziq-ovqatlarning miqdor jihatdan ham, narx jihatdan ham barqarorligini ta`minlashga xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1