1

Samarqand va Toshkent viloyatida gazdan noqonuniy foydalangan “o`g`ri”larga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jinoyat 28.03.2023, 21:09
Samarqand va Toshkent viloyatida gazdan noqonuniy foydalangan “o`g`ri”larga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Samarqand va Toshkent viloyatida gazdan noqonuniy foydalanganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi

Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi GTF Samarqand filiali xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro L.S. Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tegishli hududda ohak ishlab chiqarish hamda tovuq boqish faoliyati bilan shug`ullanib, ohak pishirish pechlari va isitish tizimini gaz quvuriga yashirincha ulab, 729,9 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Paxtachi tuman bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro K.E. xonadonida tashkil etgan yashirin sexda elektr pechlarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga ulab, 430,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Departamentning Chinoz tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro E.D. “Nafis” MFYdagi uyida tashkil etgan issiqxonani umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga yashirincha ulab, 108 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilishlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 875,8 million so`m zarar etkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1