Shavkat Mirziyoev ba`zi banklarga xorijiy investisiyalar jalb etish bo`yicha taqdimot bilan tanishdi

Jamiyat 28.03.2023, 21:35
Shavkat Mirziyoev ba`zi banklarga xorijiy investisiyalar jalb etish bo`yicha taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 28 mart kuni Asakabank va O`zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investisiyalar jalb etish bo`yicha taqdimot bilan tanishdi.

Iqtisodiyot o`sishida bank tizimining ahamiyati katta. Yurtimizda bu sohadagi islohotlar natijasida oxirgi uch yilda, banklarning umumiy kreditlari xajmi 2 baravar, kapital xajmi 1,6 baravarga oshgan.

Banklarimiz ilk bor nufuzli xalqaro kredit reytinglariga ega bo`lib, xalqaro kapital bozorlarida evrobondlar joylashtirdi. Xususiy banklar ham ko`paydi.

Shuningdek, Vengriya, Qozog`iston, Gruziya, Turkiyaning nufuzli banklari O`zbekistonga kirib keldi. Ipotekabank isloh qilingani natijasida uning kapitaliga strategik xorijiy investor sarmoya kiritdi.

Bu ishlarni davom ettirib, Asakabank va O`zsanoatqurilishbankka ham xorijiy investisiyalar jalb etish rejalashtirilgan. Shu maqsadda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda bu banklarga 30 nafar malakali xalqaro mutaxassislar olib kelindi.

2023 yil davomida O`zsanoatqurilishbank kapitaliga 125 million dollar, Asakabankka 100 million dollar mablag` jalb qilinishi ko`zda tutilmoqda. Banklarning operasion faoliyatida zamonaviy dasturiy IT mahsulotlar va 100 dan ziyod yangi bank xizmat turlari joriy etiladi.

Amalga oshiriladigan ishlar natijasida 2027 yil natijalari bo`yicha O`zsanoatqurilishbank daromadi 1,61 baravar, kredit potfeli 1,74 baravarga oshishi ko`zda tutiladi. Asakabankda depozitlar 1,71 baravar, bank aktivlarining xajmi esa 1,72. Eng muhimi bu va boshqa O`zbekiston banklariga xalqaro moliya bozorlarida ishonch ortadi va  ularning faoliyatida qatnashish uchun xorijiy investor va hamkorlarning qiziqishi ortadi.

Taqdimotda mazkur jarayonga xalqaro konsultantlarni taklif etish, ularning kapitalini oshirish va qo`shimcha investisiyalar jalb qilish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1