AsosiyDunyo

Rossiya G`arb sanksiyalariga tushgan neftini to`liq boshqa bozorlarga yo`naltirganini e`lon qildi

'Rossiya G`arb sanksiyalariga tushgan neftini  to`liq boshqa bozorlarga yo`naltirganini e`lon qildi'ning rasmi

Rossiya G`arbda embargoga tushgan barcha neftini boshqa bozorlarga yo`naltira oldi. Bu haqda RF energetika vaziri Nikolay Shulginov ma`lum qildi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

Vazirning so`zlariga ko`ra, sotuvlarda pasayish kuzatilmagan. birgina Hindistonga “qora oltin” etkazib berish 2022 yilda 22 baravarga oshgan.

O`tgan yili oxirida va ushbu yil fevralida Rossiya neft va neft mahsulotlariga nisbatan “katta ettilik”, EI va Avstraliya tomonidan embargo joriy etildi. Shuningdek, RF neftiga chegara narx belgilandi. Bunga javoban Moskva ushbu davlatlarga “qora oltin” sotishni kamaytirgan.

Hozirgi kunda rus neftining asosiy xaridori Xitoy va Hindiston bo`lib turibdi. Eksport hajmi kamaymagan bo`lsa-da, ammo Kremlning undan olayotgan daromadi pasaytgan. The Wall Street Journal ma`lumotlariga ko`ra, pasayish ikki barobarni tashkil etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar