1

Bugun ba`zi joylarda yomg`irli ob-havo bo`ladi

Jamiyat 29.03.2023, 07:58
Bugun ba`zi joylarda yomg`irli ob-havo bo`ladi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 11-13, kunduzi 24-26 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 27-32 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.    

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda  shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.    

Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldirok bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1