AsosiyJamiyat
3118

Andijonda noqonuniy faoliyat yuritgan uy bog`chada 2 yoshli bola ayovsiz kaltaklandi (video)

'Andijonda noqonuniy faoliyat yuritgan uy bog`chada 2 yoshli bola ayovsiz kaltaklandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi uy bog`chada 2 yoshli bola ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Unda bola yig`layverib yuzlari shishib ketgani hamda yuzlari ko`karib ketganini ko`rish mumkin.

Andijon viloyati maktabgacha ta`lim boshqarmasi axborot xizmati xodimi Abdunosir Vohidovning ma`lum qilishicha, mazkur holatni boshqarma tomonidan tuzilgan ishchi guruh o`rganib, tegishli amaliy choralarni ko`rgan.

Aniqlanishicha, ushbu holat Andijon shahar, “O`zbekiston” mahallasi, O`zbekiston tor ko`chasida yashovchi fuqaro M.N. tomonidan noqonuniy tashkil qilingan xususiy maktabgacha ta`lim tashkilotida yuz bergan.

O`rganish jarayonida Maktabgacha ta`lim vazirligi bilan fuqaro M.N. o`rtasida nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti tashkil qilish bo`yicha ikki tomonlama bitim tuzilmagani va viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasining ro`yxatida mavjud emasligi ma`lum bo`ldi. Shu sababli qo`shtirnoq ichidagi xususiy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti faoliyatiga chek qo`yildi.

Andijon shahar maktabgacha ta`lim bo`limi tomonidan ushbu hodisa bo`yicha tegishli tashkilotlarga qonunda belgilangan tartibda chora ko`rish uchun ma`lumotlar taqdim qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar