AsosiyDunyo
2326

Afrikada vabo ko`payotgani aytildi

'Afrikada vabo ko`payotgani aytildi'ning rasmi

BMT Bolalar jamg`armasi – YuNISEF xulosasiga ko`ra, Afrikada vabo shiddat bilan avj olmoqda, vaziyat xavotirli. Bu haqda Zamon.uz’xabar berdi.

Tuzilma mutasaddilari aniqlik kiritishicha, epidemiya qit`aning sharqiy va janubiy mamlakatlarida tez tarqalyapti. Yuzaga kelgan holan, ayniqsa, bolalar uchun jiddiy xavf tug`dirmoqda.

Xabarda epidemiyadan eng ko`p zarar ko`rgan davlatlar sifatida Burundi, Efiopiya, Keniya, Malavi, Mozambik, Somali, Janubiy Sudan va Tanzaniya keltirilgan.

"Vabo qashshoqlik va mojaro, shuningdek, suv toshqini, dovul kabi ofatlar tufayli yanada tez urchimoqda", — deyiladi YuNICEF hisobotida.

Ma`lumotda ushbu xastalik vibror bakteriyasidan kelib chiqqani, oziq-ovqat va suv orqali yuqishi qayd etilgan. Bunda bemor og`ir diareyaga uchrab, suvsizlanish holatini boshidan kechiradi. Chora ko`rilmasa, kasallik o`limga olib keladi. Toza suvga ehtiyojni qondirmaslik, vaqtida va samarali davolanish imkoni yo`qligi infeksiya tez tarqalishi va o`lim xavfi ehtimolini oshiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar