AsosiyJamiyat

Tekin metro, oshirilgan ish haqi, o`qituvchiga imtiyoz va pasaytirilgan tezlik… O`zbekistonda 1 apreldan nimalar o`zgaradi?

'Tekin metro, oshirilgan ish haqi, o`qituvchiga imtiyoz va pasaytirilgan tezlik… O`zbekistonda 1 apreldan nimalar o`zgaradi?'ning rasmi

2023 yil 1 apreldan O`zbekiston qonunchiligida bir qator o`zgarishlar bo`ladi. Xususan: 

- Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi 

- Majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro`yxati kengaytiriladi 

- Pensiya oluvchilar Toshkent metropolitenidan kun davomida bepul foydalanadi 

- Parrandachilik bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi 

- Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi 

- Avtotransportlar harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha pasaytiriladi 

- Xo`jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining qimmatli qog`ozlarni chiqarish bo`yicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilinadi 

- Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sug`urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi 

- Ayrim kasalliklarda nogironlik fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi 

- Ko`p kvartirali uylarning noturar qavatlarida bog`chalar tashkil etishga ruxsat beriladi

- Professional ta`lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari oshiriladi 

- Halok bo`lgan harbiy xizmatchilar oila a`zolari ijtimoiy qo`llab-quvvatlanadi 

- Yangi qurilgan ko`p qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk solig`i pasaytiruvchi koeffisientda to`lanadi 

- Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o`rnatgan shaxslar mol-mulk va er solig`idan ozod etiladi 

- Ayrim qishloq xo`jaligi texnikalari bojxona to`lovlari va utilizasiya yig`imidan ozod qilinadi 


 

    Boshqa yangiliklar