Jinoyat ishlari bo`yicha Xiva tuman sudining 2022 yil 6 sentyabrdagi hukmi bilan Xorazm viloyati Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan 39 yoshli A.Q. ham o`sha paytdayoq lavozimidan olingan.
Bu haqda FVV axborot xizmati ma`lum qildi.
Avvalroq uning sherigi, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig`i A.M. ham qilmishlaridan so`ng ishdan olingani aytilgan edi.
Ularning har ikkisiga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 1 yil 6 oydan muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimida ham Xiva tuman sudining yuqoridagi hukmi o`zgarishsiz qoldirilgan.






