Shveysariyada poezd kuchli shamol tufayli relsdan chiqib ketdi

Dunyo 01.04.2023, 20:00
Shveysariyada poezd kuchli shamol tufayli relsdan chiqib ketdi

Bern kantonida ikkita yo`lovchi poezdning vagoni relsdan chiqib ketdi, deya xabar beradi Euronews.

Temir yo`l halokatida 12 kishi jabrlangan, ulardan uch nafari bolalardir.

Voqea joyiga zudlik bilan o`t o`chiruvchilar va tez yordam mashinasi etib kelgan. Jabrlangan yo`lovchilar kasalxonaga yotqizilgan. Bir kishining ahvoli og`ir ekani aytilmoqda.

Temir yo`l operatorining so`zlariga ko`ra, avariyaga kuchli shamol sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.

Voqea sodir bo`lgan vaqtda yaqin atrofdagi o`lchash stansiyasi shamol tezligi soatiga 136 km ni qayd etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1