Bugun, 1 aprel kuni Samarqand shahrida yaroqsiz holatga kelib, ro`yxatdan chiqarilgan Mersedes-Benz rusumli avtobus bir yuk avtomobilidan boshqasiga ko`chirib olinayotganda ko`tarma kranning ilgichidan chiqib ketib, o`ng tomonga ag`darilgan.
Rasmiy xabarga ko`ra, hodisa oqibatida hech kim jabr ko`rmagan.






