AsosiyJamiyat

Xorazmning yana ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

'Xorazmning yana ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi'ning rasmi

Bugun xalq deputatlari Bog`ot tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rib chiqildi.

Xorazm viloyati hokimi Jo`rabek Rahimov tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Yaxshiboev egallab turgan lavozimidan ozod qilingani munosabati bilan Bog`ot tumani hokimi lavozimiga Nazarov Jahongir Baxromovich  nomzodini tavsiya etdi.

Muzokaralardan keyin deputatlar nomzodni bir ovozdan ma`qulladilar. Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Nazarov Jahongir Baxromovich  Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Shuningdek, Egamov Boburbek Davlatnazarovich - Xorazm viloyati Qo`shko`pir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK direktori o`rinbosari  lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar