"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, shimolda va cho`l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, do`l yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.
02.04.2023 08:06
Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi






