Turkiyaning Kastamonu viloyatida 4,2 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda shanba kuni Turkiya hukumati huzuridagi Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish agentligi (AFAD) tomonidan tarqatilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, er silkinishlarining episentri Ixsangazi tumanida, o`chog`i 11,83 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma`lumotlar yo`q.






