AsosiyJamiyat

Ro`zadorlarga taom tayyorlashda nimalarga e`tibor berish kerak?

'Ro`zadorlarga taom tayyorlashda nimalarga e`tibor berish kerak?'ning rasmi

SSV Matbuot xizmti Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sog`lom ovqatlanish bo`yicha e`lon qilingan tavsiyalar saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlarini e`lon qildi. 

Yog`li mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli go`sht, qatlamali, yog`/margarin yoki sariyog` qo`shilgan xamirdan tayyorlangan taomlar iste`molini kamaytirish kerak.  

Masalliqlarni qovurish o`rniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bug`da, sousda pishirish, kam miqdordagi yog`da qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

️Tarkibiga me`yordan ortiq tuz qo`shilgan oziq-ovqatlarni iste`mol qilmang!

  •  Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan go`sht;  
  •  baliq mahsulotlari,  
  •  zaytun mevasi, sho`r bodring,  
  • tuzli pishloqlar, gazaklar,
  •  mayonez, ketchup va xantal qo`shilgan salatlar,  
  • souslar shular jumlasidandir.  

 

️Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qo`yish tavsiya etiladi.  

Pishirilayotgan taomlar ta`mini yaxshilash uchun turli o`t va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.  

 

Sog`liqni saqlash vazirligi  

Matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar