AsosiyJamiyat

Toshkentda 4 ta "metan zapravka" 7,1 mlrd so`mlik gazni talon-toroj qilgani aniqlandi

'Toshkentda 4 ta "metan zapravka" 7,1 mlrd so`mlik gazni talon-toroj qilgani aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahridagi 4 ta AGTKSh tomonidan 7,1 mlrd so`mlik tabiiy gaz talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13-29 mart kunlari «O`zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkorlik sub`ektlariga qarashli 4 ta avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSh) tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga etkazilgan umumiy zarar miqdori 7,1 mlrd so`mni tashkil etgan. Jumladan:

  • Yunusobod tumanida joylashgan AGTKSh tomonidan 2,372 mlrd so`mlik;
  • Sergeli tumanida joylashgan AGTKShda 1,728 mlrd so`mlik;
  • Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan AGTKShda 1,607 mlrd so`mlik;
  • Uchtepa tumanida joylashgan AGTKShda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga etkazilgan zarar miqdori 1,392 mlrd so`mni tashkil etgan.

Ushbu noqonuniy holatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda. Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar