Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari Bahrom Qurbonov lavozimini tark etdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Siroj Bozor o`g`li Bekchanov Xorazm viloyati hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
S.Bekchanov muqaddam Xonqa tumani hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari bo`lgan, so`nggi vaqtlarda Bahrom Qurbonovning kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.






