Ertaga, 3 aprel kuni O`zbekistonning bir necha viloyatlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, do`l yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 21-23 daraja bo`ladi.
Qorqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Navoiy viloyatida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo`ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo`ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, Qashqadaryo viloyatida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yo`gishi mumkin. Baland tog`li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo`ladi.






