AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi maktablarda ispan tili maxsus dastur orqali o`qitiladi

'O`zbekistondagi maktablarda ispan tili maxsus dastur orqali o`qitiladi'ning rasmi

O`zbekistonda ispan tilini o`rgatish bo`yicha Ispaniya ta`lim dasturlarini joriy etiladi

Xabarga ko`ra, O`zbekiston elchixonasida Ispaniya Ta`lim va kasbga o`qitish vazirligi hamda Ta`limni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) mutasaddilari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston va Ispaniya o`rtasida o`rta maxsus va oliy ta`lim yo`nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari  muhokama qilindi.

Bo`lib o`tgan muzokaralarda xorij tomoni ispan tilini o`qitishni O`zbekiston maktablarida, xususan, birinchi galda Prezident maktablarida ikki tilli bo`limlar dasturi, chet tili o`qituvchilarning yordamchilari dasturi, Ispaniya ta`lim va kasbga o`qitish vazirligining resurs markazlari faoliyatini joriy qilish orqali hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yishni taklif etdi.

Keltirilishicha, hozirgi kunda ushbu ta`lim dasturlari Lotin Amerikasi, AQSh, Evropa mamlakatlari, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar maktablarida keng joriy qilingan. Ispan tili dasturlari joriy qilingan maktablar boshqa ta`lim muassasalariga nisbatan mavqeyi yuqori bo`lib, iqtidorli o`quvchilarga milliy shahodatnoma bilan birga Ispaniya shahodatnomasi taqdim etiladi. Dasturda ishtirok etgan maktablarda Ispaniya tili  va madaniyati burchaklari va muzeylari bilan ta`minlanadi.

Ushbu yo`nalishlarda hamkorlik aloqalarini o`rnatish masalalarini muhokama qilish maqsadida 24-27 aprel kunlari O`zbekistonga ishchi safar bilan borayotgan Ispaniya delegasiyasi dasturidan Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalar agentligi rahbariyati bilan muzokaralar olib borish hamda Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Prezident maktablari faoliyati bilan tanishish o`rin olgan.

Ispaniya delegasiyasining O`zbekistonga safarini samarali tashkil qilishda elchixona tomonidan yordam ko`rsatilishi ta`kidlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar