AsosiyJamiyat

Surxondaryoda yuk mashinasi jarlikka tushib ketdi. Qurbon bor

'Surxondaryoda yuk mashinasi jarlikka tushib ketdi. Qurbon bor'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Bobotog` massivida yuk mashinasi haydovchisi YTHga uchrab, halok bo`ldi.

Viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, voqea 27 mart kuni soat 15:30 larda yuz bergan. “GAZ-52” yuk mashinasi haydovchisi Bobotog` massivida transport vositalari harakatlanishi uchun mo`ljallanmagan yo`lda ketayotganida boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`ng tomonidagi chuqurlikka tushib ketgan.

Oqibatda yuk mashinasi haydovchisi olgan og`ir tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar