AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva: “Xorazmdagi bolalar uyining uch nafar jabrlangan qizlariga xavfsizlik ta`minlashga erishdik”

'Saida Mirziyoeva: “Xorazmdagi bolalar uyining uch nafar jabrlangan qizlariga xavfsizlik ta`minlashga erishdik”'ning rasmi

Xorazmdagi mudhish holatdan xabaringiz bor. 

Prezident administrasiyasi sho`ba mudiri Saida Mirziyoeva holat yuzasidan Xorazmdagi bolalar uyining uch nafar jabrlangan qizlariga xavfsizlik ta`minlashga erishilganini ma`lum qildi.

”Ularning xavfsizligi, ruhiy va jismoniy tiklanishi hozirda ustuvor masala. Shu bilan bir vaqtda bu kabi vaziyatlarda harakat qilish va, eng asosiysi, ularning oldini olish tizimini yaratish ustida ishlashimiz kerak. Qonunlarni qat`iylashtirish va zo`ravonlikka mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi. Barcha darajalarda”, deydi Mirziyoeva.


Mirziyoevа OAV va jamoatchilik faollariga minnatdorchilik bildirdi.

“Bu vaziyatda menga umid bag`ishlaydigan birdan-bir jihat borki, u ham bo`lsa oshkoralik va fuqarolik jamiyatining ovozi. Ehtimol, busiz atrofda bo`layotgan voqelardan ojizlarcha bexabar bo`lib qolardik.

Zo`ravonlik doim bo`lgan, lekin aynan hozir ochiqlik tufayli ushbu hodisa haqida baland ovoz bilan gapiryapmiz va bunga qarshi kurashish uchun real resurslarimiz paydo bo`ldi.

O`zbekiston so`z va media erkinligi borasida zimmasiga olgan majburiyatlari, bu jarayon barcha uchun juda og`riqli kechayotgan bo`lsa-da, o`z mevasini bermoqda. Tizim bir kunda barpo etilib qolmaydi, bu uzoq yo`l va manfaatlar kurashidir. Va bugun muammolarni erkin ko`tarayotgan ovoz har qachongidan ham baland yangramoqda.

Befarq bo`lmay, bu keys yuzasidan fuqarolik pozisiyasini bildirgan barcha OAV va faollarga minnatdorlik bildiraman. Amalda ishlaydigan odil sudlov tizimini yaratish yo`lida birlashsak, kuch bo`lamiz!”degan Saida Mirziyoeva o`zining telegram kanalida qoldirgan izohida.

    Boshqa yangiliklar