AsosiyJamiyat

Ushbu haftada O`zbekistonning barcha hududlarida yomg`ir yog`adi

'Ushbu haftada O`zbekistonning barcha hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun va hafta davomida O`zbekiston bo`yicha ob-havoni yuqori siklon belgilaydi, buning natijasida respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda, 3-4 aprel kunlari Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi kuchli bo`ladi.

Kunduzgi havo harorati hafta davomida +20...+23 darajadan +15...+18 darajagacha o`zgarib turadi.

Respublika bo`yicha yomg`ir yog`ishi, ba`zi joylarda shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zonlar, shuningdek do`l yog`ishi bilan kuzatiladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 3-6 aprel kunlari ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Baland tog` hududlarida 5-6 aprel kunlari yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

3-4 aprel kuni tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

3-7 aprel kuni Toshkent viloyatining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor.

Toshkentda 4 apreldan 6 aprelgacha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, do`l yog`ishi mumkin. Shamol o`zgaruvchan yo`nalishda kuchsiz 5-10 m/s dan biroz 12-15 m/s gacha esadi. Bugun kunduzgi havo harorati +21...+23 darajani tashkil etadi, hafta o`rtasiga kelib +16...+18 darajagacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar