AsosiyJamiyat

Rossiyada 5 nafar O`zbekiston fuqarosi bo`lgan avtomobil ag`darilib ketdi

'Rossiyada 5 nafar O`zbekiston fuqarosi bo`lgan avtomobil ag`darilib ketdi'ning rasmi

Rossiyaning Saratov viloyatida O`zbekiston fuqarolari YTHga uchradi. Besh kishi jabrlandi, ulardan uch nafari kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda viloyat sog`liqni saqlash vaziri. 

Qayd etilishicha, hodisa 3 aprel kuni ertalab R-208 avtomobil yo`lining 145-kilometrida sodir bo`lgan. 2000 yilda tug`ilgan erkak boshqaruvidagi "Toyota Vellfire" avtomobili yo`ldan chiqib ketib, ag`darilib ketgan. Yo`lovchilar shifoxonaga etkazilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og`ir.

Jabrlangan besh nafardan uch nafari Rtishchevskaya viloyati kasalxonasida qolmoqda, ikki nafari – 20 va 39 yoshli erkaklar qoniqarli holatda ambulator davolanishga chiqarilgan.

    Boshqa yangiliklar